Muhandislik va kompyuter grafikasi fanining asosiy vazifalari ilmiy va ilmiy texnik masalalarini yechishdan iborat.
Muhandislik va kompyuter grafikasi – bu texnik chizmalar yaratish, ularni tahlil qilish va loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadigan fan. Bu fan muhandislik loyihalarini vizuallashtirish, grafik modellashtirish va chizmalar tayyorlashni o‘rganadi.
Bu elektron platformada "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fanidan elektron ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin!
Boymuratov Farrux Xamzayevich 1990-yil 20-oktabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tug‘ilgan. 1997–2006-yillarda Qarshi tumanidagi 1-sonli o‘rta maktabda tahsil olgan. 2006–2009-yillarda Qarshi sanoat kasb-hunar kollejida o‘qib, uni tamomlagan. 2011–2015-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida tahsil olib, bakalavr darajasini olgan. 2015–2017-yillarda ushbu institutning magistraturasida o‘qib, magistr darajasiga ega bo‘lgan.
F.X.Boymuratov 2017-yildan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasida laborant lavozimida ishlagan. 2020-yildan esa ushbu kafedrada assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda.
U bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Umumtexnika fanlari” kafedrasida o‘qitiladigan fanlarni zamonaviy o‘qitish usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda o‘qitadi. Ma’ruza, amaliy va grafik topshiriqlarini zamonaviy metodlar asosida olib boradi.